Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) an`anaga ko`ra har yili mavsumning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqadi.
O`tgan mavsumning ramziy terma jamoasi taqdirlash marosimi boshlanmasidan oldin internetda tarqalib ketdi, deb yozadi Sports.uz. Ma`lum bo`lishicha, FIFAning 2016 yil ramziy terma jamoasi quyidagicha ko`rinishga ega bo`ladi.
Darvozabon: Manuel Noyer (“Bavariya”);
Himoyachilar: Serxio Ramos (“Real”), Jerar Pike (“Barselona”), Tiago Silva (PSJ), Marselo (“Real”);
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich (har ikkisi ham “Real”), Andres Inesta (“Barselona”);
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (“Real"), Leo Messi, Neymar (har ikkalasi “Barselona”).






