AsosiyShou-biznes

Janet Jekson 50 yoshida birinchi farzandini dunyoga keltirdi

Amerikalik xonanda Janet Jekson ilk marotaba ona bo`ldi. 50 yoshli xonanda 3 yanvar, seshanba kuni o`g`il farzandni dunyoga keltirdi, deb xabar beradi “Vesti”. 

Janet Jekson va uning turmush o`rtog`i Vissam al-Mana  o`g`illari Issa al-Mananing dunyoga kelishini intizorlik bilan kutishgan edi.

“Ayni paytda ona va bolaning ahvoli qoniqarli. Ular shifokorlar nazorati ostida”,—deyiladi xabarda. 

Janet Jekson 2012 yilda qatarlik tadbirkor Vissam al-Mana bilan turmush qurgan edi.  

Uning homiladorligi may oyida ma`lum bo`lgan edi. 

Janet Jekson — 2009 yilda vafot etgan pop musiqa qiroli Maykl Jeksonning singlisi.

    Boshqa yangiliklar