AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Qarori bilan akademiklarga oylik gonorar belgilandi

Prezident FAning haqiqiy a`zolarini rag`batlantirish va ularni ilmiy-ta`limiy hamda ishlab chiqarish jarayoniga jalb etish to`g`risidagi qarorga imzo chekdi.

1 yanvardan boshlab O`zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a`zolari har oyda eng kam oylik ish haqining 10 baravari (1,5 million so`mga yaqin) miqdorida daromad solig`iga tortilmaydigan gonorar oladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoevning 29 dekabrdagi qarorida ko`zda tutilgan, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Hujjatga muvofiq, shu kundan boshlab FA haqiqiy a`zolari prezidium va tegishli ilmiy mutaxassisliklar bo`yicha akademiyaning haqiqiy a`zolari tavsiyasiga asosan respublika Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Qarorda tegishli vazirlik va mahkamalarga bir oy muddatda FA haqiqiy a`zolarini ilmiy-ta`limiy va ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish, ilm-fan, ta`lim va ishlab chiqarish integrasiyasi hamda yuqori toifali mutaxassislarni tayyorlashda ular rolini kuchaytirish mexanizmlarini joriy etish bo`yicha takliflarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

FA haqiqiy a`zolarining ilmiy-ta`limiy muassasalar va mamlakat sanoat korxonalarida sermahsul faoliyat olib borishi uchun zarur sharoitlarni yaratish bo`yicha ham takliflar ishlab chiqilishi lozim.

Akademiklarni rag`batlantirish choralari sifatida ularning har oyda O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari federasiyasi Kengashi hamda davlat va xo`jalik boshqaruv organlari sanatoriy-sog`lomlashtirish muassasalari, shuningdek, Yalta va Kislovodskdagi «O`zbekiston» sanatoriyalarida bepul davolanishi ham ko`zda tutilgan.

Eslatib o`tamiz, 30 dekabr kuni Prezidenti ilm-fan vakillari bilan uchrashuvdaolimlarni qo`llab-quvvatlash — davlatning ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta`kidlab o`tgan edi.

    Boshqa yangiliklar