1

Organizmingizga qaysi vitamin etishmayapti?

Salomatlik 05.01.2017, 09:50
Teglar: Salomatlik, Go`zallik, SUGDIYONA
Organizmingizga qaysi vitamin etishmayapti?

Barchamizga ma`lumki, qish faslida organizmimiz zaiflashib qoladi, vitaminlarga bo`lgan ehtiyoj esa yanada ortadi. Gipovitaminozning oldini olish uchun tanangizda bo`layotgan o`zgarishlarni etibordan chetda qoldirmang va shifokor bilan maslahatlashgan holda organizmga kerakli darmondorilarni etkazib bering.

1.     A vitamini. Terining єuruqshashi, sochlarning siyraklashishi, tirnoqlar sinuvchanligi, labdagi yorilishlar, og`iz bo`shlig`ining kasallanishi, ko`rish qobiliyatining pasayishi, toshmalar aynan shu darmondori etishmayotganining alomatlari hisoblanadi.

2.     B1 vitamini. Diareya va qayt qilish, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi, ishtaha va qon bosimi tushishi, yuqori ta`sirchanlik, yurak aritmiyasi, oyoq-qo`l uchining muzlashi, qon aylanishining buzilishi.

3.     B2 vitamini. Stomatit va og`iz chetlarida yorilishlar, kon`yuktivit, ko`zdan suv (yosh) oqishi va ko`rish qobiliyatining sustlashishi, ko`z ustki qismi pardasining hiralashuvi va yorug`likdan qo`rqish kasalligi, og`iz bo`shlig`ida quruqlik.

4.     B3 vitamini. Kuchsizlik va surunkali charchoє, doimiy bosh og`riqlari, xavotirlilik va asabiylashish, yuqori qon bosimi.

5.     B6 vitamini. Bemajollik, to`satdan xotira sustlashishi, jigar atrofida og`riqlar, dermatit.

6.     B12 vitamini. Kamqonlik, soch to`kilishi, gastrit.

7.     S vitamin. Immunitet tushib ketishi natijasida umumiy bemadorlik, vazn tushishi, ishtahaning yomonlashishi, milklar qonashi, shamollash va infekssiyalarga moyillik, burundan qon ketishi, og`izdan yoqimsiz hid kelishi.

8.     Vitamin D. Bolalarda lanjlik va kamharakatlilik, uyquning buzilishi va yomon ishtaha, qaysarlik, raxit, immunitet va ko`rish qobiliyatining  sustlashishi, moddalar almashinuvining buzilishi, suyak to`qimalaridagi muammolar.

9.     D3 vitamini. Fosfor va kalsiyning qiyin o`zlashtirilishi, tishlarning kech chiqishi (bolalarda), uyquning buzilishi (cho`chish, alaxsirash), mushaklar tonusining pasayishi va suyaklar sinuvchanligi.

10.   Vitamin E. Allergiyaga moyillik, mushaklar distrofiyasi (oziqlanishining buzilishi), oyoqlardagi og`riqlar, oshqozon yarasi va tromboflebitning paydo bo`lishi, qadam tashlashning o`zgarishi, pigment dog`lar paydo bo`lishi.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1