1

To`rtko`lda haydovchi YPX xodimini do`pposladi

Jinoyat 25.05.2024, 22:05
To`rtko`lda haydovchi YPX xodimini do`pposladi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog`istonda YPX xodimi va fuqaro o`rtasidagi janjal aks etgan video tarqalgandi. Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildildi. Holat yuzasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV Axborot xizmati ma`lumot berdi


Aniqlanishicha, 21 may kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV YHXB 2 mintaqa yo`l-patrul xizmati inspektori safdor K.M. To`rtko`l tumani Mustaqillik ko`chasi bo`yida xizmat olib borayotgan bo`lgan. O`sha vaqtda shubhali bo`lgan "Matiz" avtotransport vositasini to`xtatib, haydovchidan avtomashinani boshqarishga oid hujjatlarini so`ragan. Haydovchi N.A. "Sen nimaga mening oldimga chiqasan" deb, uni qo`llari bilan urgan.


Haydovchi jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasdan mensimasdan, o`z xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar xodimiga faol qarshilik ko`rsatib, unga tan jarohati etkazgan.

Hozirda holat yuzasidan N.A. ismli shaxsga nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi va 277-moddasining 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1