AsosiyJamiyat

Kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo prognozini e`lon qildi

'Kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo prognozini e`lon qildi'ning rasmi

 27-29 may kunlari kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qilindi. Bu haqda O`zgidromet xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 mayda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27 mayda 9-14 daraja, 28-29 mayda 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo`ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27 mayda 8-13 daraja, 28-29 mayda 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 27 mayda 8-13 daraja, 28-29 mayda 11-16 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 mayda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 28 mayda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27 mayda 8-13 daraja, 28-29 mayda 11-16 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo`ladi.

Shuningdek, Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 27 mayda 3-8 daraja, 28-29 mayda 6-11 daraja, kunduzi 14-19 darajagacha bo`ladi.

Boshqa yangiliklar