Buxoro viloyati va Qoraqalpog`iston Respublikasida sertifikat olib berishni va`da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Prokuratura huzuridagi Departamentxabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro tuman bo`limi va DXX xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o`qituvchisi Sh.Sh. fuqaro M.J.ga tanishlari orqali “Milliy til sertifikati”ni olib berishi evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.O. fuqaro A.B.ni tanishlari yordamida “TOEFL iBT” nomli “S1” sertifikatini olish uchun bo`ladigan imtihondan o`tkazib berishi evaziga 1 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.