Ispaniya Kubogi nimchorak final dastlabki o`yinida “Atletik” jamoasi o`z uyida “Barselona” futbolchilariga qarshi bahs olib boradi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan o`yinda kutilmagan holatlar va voqealar yuz berdi. Natija ham hayratlanarli bo`ldi. Kataloniyaliklar 9 kishi bo`lib qolgan “Atletik”ka 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Javob uchrashuvi “Barselona”ga tegishli “Kamp Nou” stadionida bo`lib o`tadi.
Ispaniya Kubogi 1/8 final, dastlabki uchrashuv
“Atletik” – “Barselona” 2:1
Gollar: 1:0 – 25 Aduris, 2:0 – 28 Inyaki Uilyams, 2:1 –52 Messi.
“Atletik” – Iraysos, Laport, Echeyta, Balensiaga, Saborit (Muniain, 68), Raul Garsiya, San Xose, Inyaki Uilyams (Elustondo, 84), Iturraspe, Boveda, Aduris (Eraso, 78).
“Barselona” – ter Stegen, Umtiti (Pako Alkaser, 88), Pike, Alba, Serji Roberto, Rakitich (Andre Gomesh, 71), Buskets, Inesta, Neymar, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Aduris (40), Umtiti (40), Inesta (45), Alba (45), Buskets (45), Iturraspe (53), Raul Garsiya (55).
Chetlatishlar: Raul Garsiya (74), Iturraspe (80).





