1

Zlatan Ibragimovich “MYu”ning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Sport 06.01.2017, 10:27
Zlatan Ibragimovich “MYu”ning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

“Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich klubi muxlislari tomonidan dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Shvesiyalik hujumchiga respondentlarning 38% ovoz berdi. Ikkinchi o`rinni 36% ovoz bilan “chayon zarbasi” orqali gol urgan armanistonlik Genrix Mxitaryan egalladi. Fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba 26% bilan uchinchi o`ringa loyiq bo`ldi.

Ibragimovich “MYu”ga kelganidan buyon birrinchi mrta oyning eng yaxshi futbolchisi bo`ldi. Dekabr oyida 35 yoshli hujumchi olti uchrashuvda etti gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Joriy mavsumda u mankunianlar safida barcha turnirlarda jami 18 ta gol urdi.   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1