1

Farhod Abdullaev FIFA instruktorlari seminarida ishtirok etadi

Sport 07.01.2017, 11:18
Farhod Abdullaev FIFA instruktorlari seminarida ishtirok etadi

O`zbekistonlik OFK instruktori Farhod Abdullaev FIFA taklifiga binoan 13-17 fevral kunlari Portugaliyaning Algarvi shahrida bo`lib o`tadigan seminarga taklif etildi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati ma`lum qildi

Hakamlar malakasini oshirish va ularga ko`maklashish dasturi bo`yicha o`tkaziladigan mazkur seminarda FIFAning barcha konfederasiyalaridan jami 55 nafar instruktorlar ishtirok etadi. Ushbu seminarga FIFA Osiyo Futbol Konfederasiyasidan 12 nafar instruktorni taklif etgan. E`tiborlisi, ular orasida Farhod Abdullaev ham bor.

Ma`lumot o`rnida, Farhod Abdullaev o`tgan yilning 1 noyabridan boshlab OFK hakamlar departamentining texnik eksperti sifatida ish boshlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1