AsosiySport

“Real” 2017 yilni yirik g`alaba bilan boshladi

Ispaniya chempionati 17-turida “Real” o`z maydonida “Granada”  futbolchilarini qabul qildi. Qiziqarli va gollarga boy kechgan o`yinda Madrid klubi 5:0 hisobida zafar quchdi.

G`oliblar safida Isko dubl qayd etgan bo`lsa, Karim Benzema, Krishtianu Ronaldu va Karlos Kazemiro bittadan gol kiritdi.

2017 yilni yirik g`alaba bilan boshlagan madridliklar Ispaniya chempionatida peshqadamlikni saqlab qoldi.

“Real Madrid” – “Granada” 5:0 (4:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 12 Isko, 2:0 – 20 Benzema, 3:0 – 27 Ronaldu, 4:0 – 31 Isko, 5:0 – 58 Kazemiro.

“Real Madrid – Navas, Varan, Marselo (Koentrau, 68), Karvaxal, Nacho, Modrich, Kazemiro, Kroos (Xames, 46), Isko (Asensio, 51), Ronaldu, Benzema.

“Granada – Ochoa, Lomban, Ruben Vezu, Silva, Tabanu (Ponse, 77), Serdji Samper, Agbo (Markes, 60), Pereyra, Boga (Bueno, 65), Tito, Kraves.

Ogohlantirishlar: Serdji Samper (44), Agbo (57), Silva (70), Kazemiro (71), Tabanu (72).

    Boshqa yangiliklar