Iordaniyaning Amman shahrida 21 yanvar kuni ayollar o`rtasida bo`lib o`tadigan Osiyo Kubogi–2018 turnirining saralash bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tadi.
Qur`a tashlash marosimi Amman shahridagi Grand Hyatt Amman mehmonxonasida bo`lib o`tadi. Saralash bosqichida Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK)ga a`zo barcha mamlakatlar, shu jumladan, O`zbekiston ham ishtirok etadi. Faqatgina Pokiston terma jamoasi diskvalifikasiya sababli turnirda ishtirok etmaydi. Iordaniya mezbon sifatida saralashdan o`tmaydi. Demak, jami 45 mamlakat terma jamoasi musobaqaning final bosqichiga yo`l olish uchun kurash olib boradi.
Osiyo Kubogi–2018 turniriga saralash bosqichi 2017 yilning 3–11 aprel kunlari Iordaniyada o`tkaziladi. Eng kuchli 8 jamoa musobaqaning final bosqichiga yo`l oladi.
Osiyo Kubogining final bosqichi 2018 yilning 7–22 aprel kunlari Iordaniyada bo`lib o`tadi. Unda 8 jamoa ikki guruhga bo`lingan holda o`zaro bahs olib boradi. Guruhda 1–2 o`rinlarni egallagan jamoalar yarim finalga chiqadi hamda ayollar o`rtasida 2019 yili Fransiyada bo`lib o`tadigan Jahon chempionatiga yo`llanma oladi.





