O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva jurnalist Jasur Hamroev bilan suhbatda fevral oyida bo`lib o`tadigan yangi konsertiga oid ayrim ma`lumotlarni oshkor qildi.
Xususan, Rayhonning aytishicha, yangi konsertida u uch ayol san`atkorlar bilan duet ijro etadi.
Birinchi duet xonandaning yaqin dugonasi Munisa Rizaeva bilan ijro etiladi. Rayhon mazkur duet “Sayyod.com” sayti rahbari taklifiga ko`ra yaratilganini aytib o`tdi.
Ikkinchi duetdosh esa qiziqchi Halima Ibragimova.
Uchinchi duet xonanda Ziyoda bilan birga kuylanadi. Rayhon Ziyodaning ayni paytda homiladorligini hisobga olgan holda “menimcha, konsertda birga kuylashga ulguramiz, deb o`ylayman”, deya qo`shimcha qildi.
Ma`lumot uchun, Rayhon 20-21-22-23-24 fevral kunlari “Istiqlol” san`at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.