— O`n yildan buyon san`at maktabida farrosh bo`lib ishlab kelaman. 1.25 stavka bo`yicha maosh olib kelayotgandim, ammo menga aytmay 0.25 stavkani olib tashlashdi. Ayni dam bir stavkada ishlayapman. Xodimni ogohlantirmay shunday qilinishi mumkinmi? Yana bir gapni eshitdim, farroshlarning ish stavkalari bir foizdan oshmasligi kerak ekan, shu holatga ham aniqlik kiritsangiz?..
Sarvinoz Rahimova, Qashqadaryo viloyati
Savolingizga advokat Nafisa IBRAGIMOVA javob beradi.
Eslatib o`tamiz, mutaxassis izohi tavsiyaviy xarakterga ega.
— Xodimning ish stavkasi kamaytirilishi, mehnat sharoitining o`zgarishi, deb baholanganligi bois xodim bu haqida yozma xabardor etiladi. Xodimning ish stavkalari korxona shtat jadvali asosida belgilanadi. Korxona ichki hujjatlarida xodimning belgilangan vazifalaridan tashqari ortiqcha ish bajarayotganligi uchun haq to`lash talab va tartiblari belgilab qo`yilishi mumkin.