Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) 2016 yilning ramziy terma jamoasi e`lon qildi. Mazkur ramziy termadan "Real"ning 5 nafar, "Barselona"ning esa 4 nafar futbolchisi o`rin oldi.
Shuningdek "Yuventus" va "Bavariya"dan bir nafardan futbolchi ramziy terma jamoaga kiritildi. Quyida ular bilan tanishing.
Darvozabon: Manuel Noyer («Bavariya», Germaniya);
Himoyachilar: Daniel Alves («Yuventus», Italiya), Jerar Pike, («Barselona», Ispaniya), Serxio Ramos («Real», Ispaniya), Marselo («Real», Ispaniya);
Yarim himoyachilar: Andres Inesta («Barselona», Ispaniya), Luka Modrich («Real», Ispaniya), Tonii Kroos («Real», Ispaniya);
Hujumchilar: Lionel Messi, Luis Suares (ikkisi ham «Barselona», Ispaniya), Krishtianu Ronaldu («Real», Ispaniya).
Ma`lumot uchun, FIFA ramziy terma jamoasini aniqlash uchun dunyoning barcha mamlakatlaridan 26516 futbolchi ovoz bergan.





