AsosiySport

Samvel Babayan va Odil Ahmedov FIFA talqini bo`yicha yilning eng yaxshilariga ovoz berdi

Shveysariyaning Syurix shahrida 9 yanvar kuni Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) talqini bo`yicha 2016 yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimi bo`lib o`tdi.

Yilning eng yaxshi futbolchisi hamda eng yaxshi murabbiyiga ovoz berish jarayonida O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan va jamoa sardori Odil Ahmedov ishtirok etdi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati. 

Samvel Babayan o`z ovozlarini quyidagicha taqsimladi: 

Murabbiylar: 1. Klaudio Raneri (“Lester”), 2. Diego Simeone (“Atletiko”), 3. Zinedin Zidan (“Real”).

Futbolchilar: 1. Lionel Messi (“Barselona”, Argentina), 2. Toni Kroos (“Real”, Germaniya), 3. Antuan Grizmann (“Atletiko”, Fransiya).

Odil Ahmedovning ovozlari quyidagicha taqsimlandi:

Murabbiylar: 1. Yurgen Klopp (“Liverpul”), 2. Luis Enrike (“Barselona”), 3. Pep Gvardiola (“Bavariya”).

Futbolchilar: 1. Lionel Messi (“Barselona”, Argentina), 2. Krishtianu Ronaldu (“Real”, Portugaliya), 3. Antuan Grizmann (“Atletiko”, Fransiya).

2016 yilning eng yaxshi ayol futbolchisi va eng yaxshi ayol murabbiyini aniqlashda O`zbekiston ayollar terma jamoasi Sherali Boboqulov va jamoa sardori  Mahliyo Sarikova ishtirok etdi.

Sherali Boboqulov quyidagilarga o`z ovozini berdi:

Futbolchilar: 1. Jennifer Marozsan, 2. Karli Lloyd, 3. Kristen Sinkler.

Murabbiylar: 1. Silviya Nayd, 2. Piya Sandxeyj, 3. Filipp Bergeru.

Mahliyo Sarikova o`z ovozlarini quyidagicha taqsimladi:

Futbolchilar: 1. Karli Lloyd, 2. Kristen Sinkler, 3. Jennifer Marozsan

Murabbiylar: 1. Silviya Nayd, 2. Piya Sandxeyj, 3. Yulian Ellis

Krishtianu Ronaldu FIFA talqini bo`yicha 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. “Lester” ustozi Klaudio Raneri eng yaxshi murabbiy nomiga loyiq bo`ldi.

AQSh ayollar terma jamoasi hujumchisi  Karli Lloyd eng yaxshi futbolchi nomiga sazovor bo`ldi. Germaniya ayollar termasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan Silviya Nayd 2016 yilning eng yaxshi ayol murabbiyi deb tan olindi.

    Boshqa yangiliklar