1

Plyaj futboli bo`yicha 2017 yilgi Osiyo chempionatiga qur`a tashlandi

Sport 10.01.2017, 14:42
Plyaj futboli bo`yicha 2017 yilgi Osiyo chempionatiga qur`a tashlandi

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahridagi Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK)ning shtab-kvartirasida bugun, 10 yanvar kuni plyaj futboli bo`yicha Osiyo chempionati–2017 turniriga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.

Qur`a natijasiga ko`ra, plyaj futboli bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi amaldagi chempion – Ummon hamda Livan va Tailand termalari bilan birgalikda “B” guruhidan joy oldi.

“A” guruhida Eron, Bahrayn, Xitoy, Malayziya va Afg`oniston o`zaro bahs olib borsa, “C” guruhida Yaponiya, BAA, Iroq va Qatar termalari bir-biri bilan kuch sinashadi.

Plyaj futboli bo`yicha Osiyo chempionati 2017 yilning 4–11 mart kunlari Malayziyaning Trenganu shahrida bo`lib o`tadi. Reglamentga ko`ra, har bir guruh g`olibi hamda guruhda ikkinchi o`rinni egallagan eng yaxshi bitta jamoa yarim finalga chiqadi.

Musobaqa 1–3 o`rinlarni egallagan terma jamoalar plyaj futboli bo`yicha Bagam orollarida shu yilning 27 aprel – 7 may kunlari o`tkaziladigan Jahon chempionatiga yo`l oladi.

Ma`lumot uchun, plyaj futboli bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi 51 o`rinni egallab turibdi. Osiyo mamlakatlari o`rtasida O`zbekiston termasi 10 pog`onada bormoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1