1

«Xotinimdan mehr ko`rmayapman…»

Mutolaa 14.01.2017, 10:13
Teglar: Erkak, Oila, Er-xotin, SUGDIYONA, Pensiya
«Xotinimdan mehr ko`rmayapman…»

«Odamlar orasida» loyihasiga odatda ayollar, qizlar qo`ng`iroq qilishadi. Bu gal tahririyatga murojaat qilgan erkaklar ayolining oilasi va eriga e`tiborsizligidan kuyinib gapirishdi…

O`zbekiston xalq artisti Murod Rajabov maslahat beradi:

— «Sug`diyona» ayollar gazetasi bo`lgani bilan uni biz — erkaklar ham sevib o`qiymiz. Ijodkorlarga tilagim: hayotiy, qiziqarli mavzularni yoritishda charchamang.

«YoShIM O`TIB, KERAKSIZGA ChIQDIM…»

Zokir ota, 58 yosh, Sirdaryo:

— O`ng qo`lingni chap qo`lingga muhtoj qilmasin, deyishardi qariyalar. Vaqti kelganda jondan aziz farzanding va umr yuldoshingga ham malol kelib qolarkansan. Oila atalmish muqaddas qo`rg`on ichida yaxshi-yomon voqealar, bu qo`rg`ondan tashqariga chiqarilmaydigan gaplar ko`p bo`ladi. Men ham ayolimning kamchiliklarini kechirib yuborardim. Uning betgachoparligi, o`ylamay sarf-xarajat qilishidan necha bor ranjigan bo`lsam-da, kechirganman. Oldin topish-tutishim yaxshi edi. Yuk mashinasi haydardim. Uch yildan buyon sog`ligim ko`tarmagani tufayli uzoq yo`lga yurolmayman.

— Kenja o`g`limizni uylantirishimiz kerak, siz bo`lsangiz, halitdan pensiyaga chiqib oldingiz, — deb menga zarda qiladi xotinim. Gaplari ko`nglimga og`ir botadi.

U bilan o`ttiz ikki yildan buyon birga yashab, besh farzandni tarbiyalab, uyli-joyli qildik.

— Kenja o`g`limizning to`yini ixchamrok o`tkazamiz, falon artistni chaqirishimiz shartmas, — desam, menga quloq ham solishni istamaydi. Begonayu, tekintomoqqa chiqarib qo`ydi. ¡g`illarim xam uning aytganidan chiqmaydi, ularni tergasam, ovozini balandlatib gapiradi.

Uyga mehmon kelishidan yuragim bezillab qolgan. Xotinim darrov mendan nolishni boshlaydi. Ayniqsa, qizlarim kelsa, meni yomonlaydi. Kelinlarimning oldida uning qiliqlaridan uyalaman.

Iarigan chog`ingda shirin so`zga muhtoj bo`lib, yoningdagi insonga suyanishni xohlarkansan. ²ozirdan shunday, ertaga boshim yostiqqa tegib, bir piyola suvga muhtoj bo`lsam, menga qararmikan, deb tashvishga tushaman.

Maslahat:

— Shuncha yildan buyon birga yashayotgan ekansiz, ayolingizning tilini topishga harakat qiling. Uning odatiy gaplarini ham ko`nglingizga qattiq olayotganga o`xshaysiz. Ba`zi ayollar erkak kishi doim pul topishi kerak, oilani ta`minlab qo`yishi kerak, degan aqidaga tayanib olishadi. Siz ham vaqtida oilangizni ta`minlab qo`ygansiz. Endi sog`ligingiz, kuchingiz etmayotganini ayolingiz, bolalaringiz tushunishi kerak. O`g`illaringiz qo`lingizdan ishingizni olishsin. Ularni erkalatganga o`xshaysiz. O`zingizni hadeb aybdor sanamang. Qadringizni bildirish uchun biror tanishingiznikida vaqtincha yashab ko`ring. Uyda bosh bo`lib o`tirishingizning o`zi katta davlat ekanini tushunishadi. Ayolingizga, bolalaringizga insof bersin. Mehr, e`tibor yo`qolsa, mustahkam oila ham parokandalikka yuz tutishi hech gap emas.

«MEHR PUL BILAN O`LChANMAYDI-KU!»

Abror, 39 yosh, Toshkent:

— Aytayotganlarimni eshitib, balki o`zing aybdorsan, deyishingiz mumkin. Xotinim besh-olti yildan beri savdo bilan shug`ullanadi. Hayotimiz yaxshi, uy, mashina oldik. Oldin ham yomon yashamayotgandik. Ijarada tursak-da, turmushimiz bir maromda ketayotgandi. Tashvishlarimiz kamroq edi, nazarimda. Lekin ayolim bozorga chiqqanidan keyin undagi samimiylik, mehr degan narsalar yo`qolib borayotgandek. Menga umuman e`tiborsiz. Faqat xayolida kimga qancha mol bergani, qaysi dugonasidan qancha qarz olgani… Pulga o`ch bo`lib qolgan. Bolalarimning qo`liga ham katta-katta pul berib qo`yadi. Ulardan tashvishlanib, o`zim nazorat qilaman. Gapirsam, pulni o`zi topayotganini pisanda qilayotgandek bo`ldi. O`zim rassomman. Tashkilotda ishlayman. Kundan-kunga er-xotin o`rtamizda oldingi samimiyat yo`qolgandek. Ayolim menga begonalashib ketayotgandek.

— Endi xorijdan molni o`zim olib kelaman, shunda foydasi ko`proq qoladi. Bozordagi joyimga odam topdim, — dedi u yaqinda. Men rozi bo`lmadim.

— Men yomon yo`lga kirayotganim yo`q-ku. Nima qilsam, oilamiz, bolalarimiz uchun qilyapman, Siz kalamingizni kutarib, rasm chizib yuravering. Kizlarimizning sarposini kim kiladi? — deydi. Baribir aytganini kilib, ikki-uch marta xorijga borib, mol olib keldi.

Men jaxl kilib, uydan chikib ketdim. Urtamizga sovukchilik tushdi. Kizlarimdan xabar olib turaman.

— Oyim xam, siz xam biz bilan ishingiz yuk, — deb yig`ladi kizim bir kun. Uning ko`zidagi g`amni ko`rib, xafa bo`lib ketdim. Uyga qaytay desam, xotinimdan soviganman.

Maslahat:

— Bunday yuraversangiz oilangiz buzilib ketishi hech gap emas. Ayolingiz yomonga o`xshamaydi. O`zingiz atganingizdek, faqat pul topishga mukkasidan ketgan. U shunday muhitga tushib qolgan bo`lishi kerak. Siz undan arazlab, uydan chiqib ketib noto`g`ri qilgansiz. Ko`chaga chiqib, savdo qilishini qat`iy ta`qiqlab qo`ysangiz, sizni, bolalarini desa, ketmaydi. Unga yotig`i bilan tushuntiring. Atrofidagi dugonalari kimligini, qanday ayollar ekanini tekshiring. Oilangiz, farzandlaringiz uchun shunday qilishingiz kerak. Sizning ketib qolganingiz xotiningizga, qizlaringiz tarbiyasiga salbiy ta`sir qiladi.

«BIROVLARNING OLDIDA MEHRIBON…»

Erkin, 29 yosh, Chirchiq:

— Xotinimga ota-onamning qistovi bilan uylanganman. Keyin bilsam, u xudi men orzu qilgan qiz ekan. To`ydan so`ng uni juda yaxshi ko`rib qoldim. Tez orada ota-onamning ham ko`nglini oldi. Hammaga shirin gapiradi, hamma ishni joy-joyiga qo`yadi. Lekin menga nisbatan qo`polroq, sal narsaga urishib beradi. Ishlarimdan kamchilik topishni yaxshi ko`radi. Boshida menga o`rganolmayapti, keyin yumshab qoladi, deb o`yladim. Lekin bu fe`li yumshamadi. Bir-ikki marta o`rtoqlarimning oldida xam shunday qildi. Juda noqulay ahvolga tushdim.

Boshka urtoklarimning xotinlari shirin gapirib, erkalashini kursam, xotinim menga juda mexrsiz, deb uylayman. Mana, xozir farzandimiz bor, yakinda bir yoshga kiradi. Endi bola bilan bulib menga umuman e`tiborsiz bulib kolgan. Gapiraverganimdan keyin, mexmon kelsa, begonalarning oldida yaxshi gapiradigan bulgan. Boshqa paytda yana o`sha qo`polligi. Bu artistligidan jaxlim chikadi. Ruzg`or ishlarini, boshkalarning ko`nglini olishni unutmaydi, lekin mendan shirin suzini ayaydi. Ahvolimizga karab, uzim achinib ketaman. Oramizdagi devor kundan kunga kalinlashib ketyapti.

Maslahat:

— Xotiningiz sizga yaxshi muomala qilmasligi noto`g`ri. U balki shunday muhitda o`sgandir. Ba`zi oilalarda mehr ochiqcha ko`rsatilmaydi. Agar ko`nglida sizga nisbatan mehr, hurmat bo`lmaganida ota-onangizga, boshqa yaqinlaringizga yaxshi munosbatda bo`lmasdi. U faqat sizga nisbatan mehrini oshkor qilishni bilmasa kerak yoki uyaladi. Siz uni asta-sekin o`zingizga moslashtirib oling.

Erkak va ayol o`rtasidagi mehr, hurmat, e`tibor oila mustahkamligini ta`minlaydi. Aksincha bo`lsa, farzandlar tarbiyasiga ham ta`sir qiladi.

Mohitobon yozib oldi

Sharhlar

Fransiya bo`ylab minglab odamlar Makronning pensiya islohotiga qarshi namoyishga chiqdi (video)

20.01.2023, 11:24

Fransiyada mamlakatning yirik kasaba uyushmalari uyushmasi tomonidan pensiya yoshini 64 yoshga ko`tarishga qarshi ommaviy ish tashlash va norozilik namoyishlari boshlandi. Tashkilotchilar rejasiga ko`ra, mitinglar Fransiyaning...
Pensiya davrida yashash uchun eng yaxshi mamlakatlar ro`yxati e`lon qilindi

18.12.2021, 22:58

Our Life Plan portali Express nashri bilan hamokorlikda Pensiya davrida yashash uchun eng yaxshi mamlakatlar reytingi e`lon qilindi. Tadqiqotchilar ma`lumotiga ko`ra, pensiya davrida yashash uchun eng...
Hozirgi kunda bir oylik o`rtacha pensiya miqdori qancha?

30.10.2021, 20:27

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-2021 yillardagi Farmonlariga asosan pensiyalarning miqdori 67 marotaba oshirildi. Bu haqda pensiya jamg`armasi xabar berdi.Pensiya jamg`armasi tizimida hisobga olingan pensiya oluvchilarning 2016...
O`zbekistonda pensiyalar miqdori 30 yilda 67 marta oshirilgan 

20.10.2021, 07:50

Rasmiy xabarga ko`ra, 1991-2021 yillarda 67 marta pensiya miqdori oshirilgan.Shuningdek, 2021 yil sentyabr oyida bir oylik o`rtacha pensiya miqdori quyidagini tashkil etgan: Toshkent shahrida - 1...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1