1

Avtomobilsozlik sanoatida ishlab chiqarish hajmi keyingi uch yilda 2,8 barobar kamaygan

Jamiyat 16.01.2017, 12:08
Teglar: Avto
Avtomobilsozlik sanoatida ishlab chiqarish hajmi keyingi uch yilda 2,8 barobar kamaygan

Bosh vazir o`rinbosarlaridan o`zlariga qarashli vazirlik va idoralarning advokati bo`lib emas, balki eng avvalo, davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda ana shu savollarga g`oyat aniq va ravshan javob berishni talab qilaman. Shuningdek, kompleks tarkibidagi har bir boshqaruv organi rahbariga jiddiy va aniq baho berishni so`rayman, dedi davlatimiz rahbari.  

Bosh vazir o`rinbosari U.Rozuqulov rahbarlik qilayotgan Mashinasozlik kompleksida yuzaga kelgan ahvol bizni jiddiy tashvishlantirmoqda. 

Eng avvalo, siz rahbarlik qilayotgan avtomobilsozlik sanoatida ishlab chiqarish hajmi keyingi uch yilda 2,8 barobar kamaygan. Bu nafaqat sanoat mahsuloti o`sish sur`atiga, balki mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti o`sishiga ham jiddiy ta`sir ko`rsatmoqda. Bu sohada import hajmi eksportdan bir necha barobar yuqori bo`lib, mahalliylashtirish darajasi esa importga nisbatan 20 foizdan ham past bo`lib qolmoqda. 
Butun qishloq xo`jaligi mashinasozligi tizimini tubdan qayta qurish ta`minlanmagan. Bu tizim o`z mohiyatiga ko`ra nafaqat qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash va fermer xo`jaliklari mehnatini engillashtirishning mustahkam poydevori, ayni vaqtda mamlakatimiz valyuta balansini to`ldirish bo`yicha kafolatlangan manba bo`lishi kerak edi. 
Oxirgi yillarda shaxsan siz kadrlar bilan ishlashni bo`shashtirib yubordingiz. Sizning taklifingizga ko`ra «O`zeltexsanoat» kompaniyasi rahbari etib E.Iminov tayinlangan edi. Biroq uning ish natijalari va butun tarmoqdagi ahvol qanday? 

Ko`pgina investisiya loyihalarini ishlab chiqish cho`zib yuborilmoqda. Ichki bozorimizning ko`plab tovarlarga bo`lgan ehtiyoji 50 foiz darajasida ham qondirilmayapti. Eksport bo`yicha topshiriqlar barbod qilingan. 
Siz va kompaniya raisi xorijiy investisiya va zamonaviy uskuna olib kelib, zamonaviy raqobatdosh ishlab chiqarish korxonalari tashkil etganingizni men eslay olmayman ham. 
Siz xususiy tadbirkorlarning o`zi tashabbus ko`rsatayotganidan qanoatlanib yuribsiz. Tarmoqda esa haligacha zarur siljish yo`q. 
Siz tomoningizdan «O`zstandart» agentligi rahbarligiga tavsiya qilingan A.Qurbonov nomzodi va unga nisbatan talabchanlik ko`rsatilmagani tufayli sohada aniq ish va yakuniy natija bo`lmadi. Xalqaro standartlashtirish tashkilotining 21 ming standartidan atigi 13 foizi mamlakatimizda joriy etilgan, xolos. 
Shuning uchun ham sizdan va tarmoq rahbarlaridan bugun quyidagi vazifalarni amalga oshirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar to`g`risida axborot berishingizni talab qilaman: 

birinchi – avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish, uning mahsulotlari raqobatdoshligini, eng avvalo, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar bozorlarida oshirish bo`yicha prinsipial jihatdan yangi tizim zarur. 

Bu borada men «otvertka bilan mashina yig`ish» emas, balki asosiy va yordamchi tarmoqlarni barqaror rivojlantirish, ortiqcha xarajatlar va tannarxni kamaytirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va importni qisqartirishni nazarda tutyapman; 

ikkinchi – aholi uchun maqbul narxda turli maishiy elektr texnika buyumlarini ishlab chiqarishni ta`minlashimiz kerak; 

uchinchi – o`tgan yili biz «O`zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish bo`yicha muhim hujjatlar qabul qildik. Savol: ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish va bu o`ta muhim tarmoqning barqaror ish yuritishini ta`minlash bo`yicha siz tomoningizdan qanday aniq chora-tadbirlar ko`riladi? 

to`rtinchi – butun standartlashtirish tizimini tubdan qayta qurish kerak. Bundan ko`zlangan maqsad – mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar zamonaviy xalqaro standartlarga javob berishi lozim. 

Siz va Bosh vazirning boshqa o`rinbosarlari uchun mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini yanada rivojlantirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish 2017 yilda so`zsiz hal qiluvchi faoliyat yo`nalishiga aylanishi zarur.

Bu o`rinda gap faqat eksport hajmining o`sish ko`rsatkichlari haqida borayotgani yo`q. Kun tartibida o`ta jiddiy masalalar turibdi. Bular – mamlakatimizda yaratilgan texnologiyalarning raqobatdoshligini ta`minlash, “nou-xau” namunalarini yaratish, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, ya`ni yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlash bo`yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishdir. 

Bizda ulkan rezervlar bor. Lekin shunga qaramasdan, o`tgan yili jami 1 milliard 540 million dollarlik prognoz ko`rsatkichlari bajarilmay qoldi. Shundan 570 million dollari Vazirlar Mahkamasi komplekslariga qarashli korxonalarga to`g`ri keladi. 970 million dollar miqdoridagi ko`rsatkichlar esa hududlardagi xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan bajarilmagan. Bizning mahsulotimiz eksport qilinadigan mamlakatlar soni 2010 yilga nisbatan 176 tadan 138 taga kamaygan. 

Ayni vaqtda mashinasozlik kompleksi, «O`zfarmsanoat» konserni va «O`zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarda import hajmi eksport hajmidan o`nlab marta ko`p. 

«O`zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati va «O`zbekneftgaz» kompaniyasi tizimida mahalliylashtirilgan mahsulotlar hajmi import miqdoriga nisbatan 25-30 foizdan oshmaydi.

Sharhlar

FVV ogohlantiradi: Toshkentda kuchli shamol boshlandi

12.05.2020, 20:18

Bugun 12-may kunining ikki yarmida Poytaxtimiz bo`ylab kuchli shamol va yog`ingarchilik bo`lishi ma`lum qilingan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi shu munosabati bilan Toshkent shahri aholisini ogoh bo`lishga...
​QULAGAN DARAXTLAR VA UChGAN TOMLAR: ShIDDATLI ShAMOLNING OQIBATLARI (FOTO, VIDEO)

18.10.2017, 12:10

Kuni kecha soat chamasi 22:00 larda O`zbekiston hududiga kirib kelgan antisiklon orqasidan shiddatli shamol, yomg`ir va sezilarli sovuq harorat olib kirdi. Kuchli shamol poytaxtlik avtomobilchilarga...
​GM UZBEKISTAN YaGONA SAVDO PORTALINI TAQDIM ETDI

30.09.2017, 09:32

GM Uzbekistan avtomobillar savdosi tizimini takomillashtirish ustida ishlashda davom etadi va o`z mijozlariga, kompaniya bilan aloqada bo`lishning yanada qulay va maksimal darajada shaffof bo`lgan xizmat...
​ TOShKENTDA MOTOSIKLNING KAMAZGA BORIB URILIShI OQIBATIDA YoSh YIGIT HALOK BO`LDI(FOTO)

28.08.2017, 11:35

Toshkentning Mirzo Ulug`bek tumanida oqibati o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Facebook`ning "Voditeli tashkenta" guruhida ma`lum qilinishicha, "Botkino" yaqinidagi yo`lda KamAz yuk mashinasi va motosikl...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1