AsosiySUG'DIYONA

Qaylali sho`rva - hammaga birdek yoqadi!

Zarur masalliqlar: sho`rva uchun: 500 ml. suv, tuz; frikadelkalar uchun: 400 gr. mol go`shti qiymasi, 60 gr. guruch, 1 dona tuxum oqi, 2 bosh piyoz, 1 bo`lak sarimsoqpiyoz, o`simlik yog`i, tuz, qora murch; qayla uchun: 1 donadan tuxum, tuxum sarig`i va limon, ko`katlar.

Tayyorlanishi: 1. Piyoz va sarimsoqpiyozni maydalab to`g`rang. Qizdirilgan o`simlik yog`ida avval piyozni qovurib, keyin sarimsoqpiyozni qo`shing.

2. Guruchni suvda pishiring.

3. Go`sht qiymasiga qovurilgan piyozning yarmini, tuxum oqi, 2 osh qoshiq suv, tuz va murchni soling. Yaxshilab aralashtiring. Qaynatilgan guruchni qo`shing.

4. Qiymadan kichkina «shar»lar yasang-da, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovurib oling.

5. Qolgan piyoz va frikadelkalarni chuqur idishga solib, ustidan to ular botib turguncha qaynatilgan suv quying. So`ngra past olovda 20 daqiqa qaynating.

6. Qayla uchun mo`ljallangan tuxum sarig`i, tuxum va limon sharbatini yaxshilab aralashtiring. Ozgina sho`rvadan ham qo`shib, ko`pirtiring. Qaynab ketmasdan olovdan oling. Maydalangan ko`kat sepib, dasturxonga torting.

1 soat

3 kishilik

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar