AsosiySUG'DIYONA

«Ohu ko`zlar» pardozining 6 qoidasi

Yaqin kunlarda to`yga yoki biror oqshomga otlanayapsizmi? Qanday pardoz qilsam ekan, deb boshingiz qotganmi, unda ushbu pardozni sinab ko`ring. Bu pardoz uchun sizga kulrang, tillarang va qora tenlar, tush, qora qalam hamda lavlagirang lab bo`yog`i kerak bo`ladi.

1.    Qovoqlar burchagiga qora tendan yupqaroq qilib surting.

2.    Endi qovoqning markazini kulrang ten bilan yaxshilab bo`yang.

3.    Ustki qovoqning ichki burchagiga tillarang tendan surting.

4.    Gal pastki qovoqlarga ham etib keldi. Qora qalamni kipriklar tagiga surting, qalam atrofini kulrang ten bilan bo`yang, burchagini esa qora ten bilan.

5.    Lablarga ham alohida urg`u bering. Lavlagirang lab bo`yog`idan qalin qilib surting, cho`chimang, axir bu bayramona pardoz-ku.

6.    Kipriklarga ikki qavat qilib tush surtib, pardozni yakunlang. Go`zalligingizga ko`z tegmasin!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar