AsosiySport

“Barselona” Lionel Messiga 5 yillik shartnoma taklif qiladi

'“Barselona” Lionel Messiga 5 yillik shartnoma taklif qiladi'ning rasmi

"Barselona" jamoasi prezidenti Xozep Bartomeu klub hujumchisi Lionel Messi uchun yangi shartnoma tayyorlab qo`ydi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, kataloniyaliklar argentinalik futbolchiga 2022 yilga qadar mo`ljallangan shartnoma taklif qiladi. Messining "Barselona" bilan amaldagi bitimi 2018 yilning yozida o`z nihoyasiga etadi. Soliqlar ushlab qolinganidan so`ng uning yillik maosh 22 million evroni tashkil qiladi.

Qayd etish kerakki, Bartomeu dastlab Lionel Messining o`zi bilan uchrashmoqchi, keyin esa uning otasi Xorxe bilan muzokaralar olib boradi.

    Boshqa yangiliklar