AsosiySport

Angliya Liga Kubogi. “MYu” mag`lubiyatga uchragan holda finalga chiqdi

'Angliya Liga Kubogi. “MYu” mag`lubiyatga uchragan holda finalga chiqdi'ning rasmi

Angliya Liga Kubogi yarim final javob o`yinida “Manchester Yunayted” safarda “Xall Siti” mehmoni bo`ldi.

Qiziqarli kechgan o`yinda “MYu” futbolchilari kutilmaganda 1:2 hisobida mag`lubiyatga uchradi. O`yinning 35-daqiqasida Xaddlstoun hisobni ochgan bo`lsa, 66-daqiqada Pol Pogba muvozanatni tikladi.

Uchrashuv yakunlanishiga 5 daqiqa qolganida Nyasse “Xall”ga mazkur o`yinda g`alaba keltirdi. Ammo dastlabki o`yinda “MYu” 2:0 hisobida zafar quchgani uchun finalga aynan Joze Mourino shogirdlari yo`l oldi.

XallManchester Yunayted 2:1 (1:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 35, penalti Xaddlstoun, 1:1 – 66 Pogba, 2:1 – 85 Nyasse.

“Xall” – Marshall, Douson, Maguayr, Taymon, Meyler, Melouni (Evandro, 64), Xaddlstoun, Klukas, Nyasse, Diomande (Ernandes, 70), Bouen (Markovich, 59).

“Manchester Yunayted” – De Xea, Jons, Roxo, Darmian, Smolling, Lingard (Runi, 79), Kerrik, Errera, Pogba, Reshford (Fellayni, 90), Ibrahimovich.

Ogohlantirishlar: Jons (11), Roxo (87).

Dastlabki uchrashuv: 0:2

Boshqa yangiliklar