Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyalik biznesmen Alisher Usmonovni xayriya ishlaridagi faol ishtiroki tufayli “Xayr-saxovati uchun” ko`krak nishoni bilan mukofotladi, deb xabar berdi “Rodrobno.uz” nashri.
Rossiyalik biznesmenlar Alisher Usmonov, Viktor Vekselberg va Aleksey Mordashovlar “Xayr-saxovati uchun” ko`krak nishoni bilan taqdirlandilar. Rossiya prezidenti imzo chekkan mazkur farmon huquqiy axborotlar internet-portalining rasmiy saytida e`lon qilindi.
Farmonda USM Holdings kompaniyasi aksioneri va asoschisi Alisher Usmonov, “Renovo” KG direktorlar kengashi raisi Viktor Vekselberg va “Severstal” direktorlar kengashi raisi Aleksey Mordashovlar “xayriya ishlari va ijtimoiy faoliyatga qo`shgan hissasi” uchun mukofotlandi.
Forbes ning bergan ma`lumotiga ko`ra, Alisher Usmonovning boyligi $13,5 milliardni tashkil qilib, rossiyalik milliarderlar orasida uchinchi o`rinda turadi.






