1

​453 kilogrammlik vazndan qutulib, qaddi-qomati go`zallashgan ayol

Dunyo 27.01.2017, 11:49
Teglar: Ozish, Foto, Ayol, Go`zallik
​453 kilogrammlik vazndan qutulib, qaddi-qomati go`zallashgan ayol

Bir paytlar vazni 453 kilogramm bo`lgan bu ayolni barcha “jiyanini o`ldirgan yarim tonnalik qotil”, deb atardi, endi esa hammasi o`zgardi, deya xabar berdi “Wuzzup.ru” nashri.

Texaslik Mera Rosales 2008 yilda vafot etgan jiyanining o`limida o`zini ayblab, polisiyaga uni tanasi bilan bosib o`ldirib qo`yganligini ma`lum qildi. Mash`um falokatdan keyin unga yashashning qizig`i qolmadi.


Ammo o`tkazilgan sud-tibbiyot ekspertizasi bola boshidan olgan jarohati tufayli olamdan o`tganligini aniqladi. Meraning opasi bolasini urib, o`ldirib qo`yganligini tan olgach, 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Shundan keyin Mera opasining qolgan farzandlariga g`amxo`rlik qilish uchun ham oyoqqa turishi lozimligini angladi.


U hayotini yaxshi tomonga o`zgartirish uchun 2011 yildan boshlab, ozishga harakat qildi va 11 ta operasiyani boshdan kechirdi. Shu bilan birga ovqatlanish rasionini qayta ko`rib chiqdi.

“Ilgarilari faqat ovqat eyish uchun yashagan bo`lsam, endi aksincha, yashash uchun ovqatlanyapman”, deb tan oldi Mera.


“U uzoq yillar davomida to`shakda yotgan, Meraning shaxsiy hayoti bo`lmagan”, — dedi uning davolovchi vrachi, Xyustonlik jarroh Yunen Nouzaraden.


Mera opasining sudidan keyin vrach Yunen Nouzaraden bilan birgalikda davolash kurslarini boshladi. U birinchi 10 kunlikda 45 kilogramm ozishga muvaffaq bo`ldi.

Hozirda Merani tanish juda qiyin, u ozib, qaddi-qomati kelishgan ayolga aylangan. Ozgandan keyin muhabbatini uchratib, shaxsiy hayotini ham yo`lga qo`ydi. Hozirda 34 yoshli Meraning vazni 90 kilogrammni tashkil qiladi.

Sharhlar

Xitoyda ertalabdan o`zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

25.04.2024, 07:33

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog`i asoschisi Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta`til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi...
U nega qamalganini ochiqladi

01.04.2024, 16:31

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1