Norvegiyalik 30 yoshli Gunn Narten qutqaruv xizmatida ishlaydi, shuningdek fitnes-murabbiy sifatida ham faoliyat yuritadi. Uning Instagram`dagi sahifasini 52 ming nafar kuzatuvchi kuzatib boradi.
Gunn ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali fitness bo`yicha tavsiyalar berib boradi.
The Daily Mail nashrida Gunn haqida maqola chop etilganidan so`ng, butun dunyodagi internet foydalanuvchilari uni “dunyodagi eng go`zal qutqaruvchi ayol” deb atay boshladi.
Nartenning aytishicha, u 19 yoshida qutqaruvchi bo`lishga ahd qilgan. Boisi, u har doim katta jamoaning a`zosi bo`lishni orzu qilardi.
“Men o`t o`chirish xizmati bo`limiga ishga kirish uchun ariza berganimda onam hech qachon o`t-o`chiruvchi ayollar haqida eshitmaganini aytdi. Men esa albatta shu ishga kirishga ahd qildim”,—deydi Gunn.
Norvegiyalik qiz erkak hamkasblaridan jismoniy tayyorgarlik jihatidan ortda qolmaslik uchun sport bilan faol tarzda shug`ullanadi. Uning aytishicha, hamkasblari Gunni har doim qo`llab-quvvatlaydi.
Many have asked me about the mask (and what I do with my hair