1

​Carviqomatlik sari 30 qadam

SUG'DIYONA 31.01.2017, 14:26
Teglar: Ozish, Ayol, Go`zallik
​Carviqomatlik sari 30 qadam

Qanday parhez turini tanlashingizdan qat`iy nazar, ovqatlanishning umumiy prinsiplariga amal qilishingiz shart. Faqat shu holdagina tutgan parhezingiz kutilganidek samara bradi.

1. Har galgi ovqat hajmi 200-250 grammdan oshmasin. Taomni kichik porsiyalarda tanovvul qilish oshqozonning kichrayishiga yordam beradi.

2. Ovqatlanayotganda imkoni boricha xush kayfiyatda bo`lishga harakat qiling. Ijobiy hissiyotlar bilan iste`mol qilingan taom butun tanangizga quvvat bag`ishlaydi.

3. Suvni ovqatlanishdan yo 30 daqiqa oldin yoki 30 daqiqa keyin iching.

4. Har kuni kamida 2 litr suyuqlik ichib tursangiz, organizmdagi moddalar almashinuvi yaxshilanadi.

5. Suyuqlikni birvarakayiga emas, butun kun davomida oz-ozdan ichib turgan ma`qul.

6. Dasturxonni chiroyli qilib bezating. Zavq bilan ovqatlanish hazm qilish jarayonini yaxshilaydi.

7. Taom tanovvul qilayotgana yaxshi narsalar haqida o`ylang. Shundagina tushlik yoki kechki ovqatdan to`la lazzatlana olasiz.

8. Soatga qarang! O`rtacha 20 daqiqa vaqt oralig`ida to`yish refleksi kuchga kiradi. Shu muddat ichida kam yoki juda ko`p ovqat tanovvul qilish o`zingizga bog`liq.

9. Taom tanovvul qiayotib ham ora-orada suyuqlik ichib turish ovqat hazm qilish jarayoniga hech qanday ziyoni yo`q.

10. Tez-tez, har 2,5-3 soatda nimadir eb turishga odatlaning. Ham och qolmaysiz, ham iste`mol qilayotgan taomingiz porsiyasi nazoratingiz ostida bo`ladi.

11. Dasturxon atrofida yig`ilganda, faqatgina bir likopcha taom bilan kifoyalaning. Qo`shimcha so`rash odatini kanda qilganingiz ma`qul.

12. Hech qachon «hozir seni ham eb qo`yaman», darajasida och qolib yurmang! Juda och qolib, ovqatlanish juda chiroyli qomatni ham buzadi.

13. Agar shunchalik och bo`lsangiz, ovqatlanishdan oldin, ishtahangizni bir stakan suv bilan biroz susaytiring.

14. Yomon kayfiyatda ovqatlanmang, o`zingiz sezmagan holda juda ko`p eb yuboishingiz mumkin. Ko`plarning aynan dipressiya paytida semirib ketishining sababi ham shunda.

15. Menyuni oldindan rejalashtiring. To`g`ri rejalashtirilgan menyurasion kalloriyasini nazorat qilishda ko`maklashadi.

16. Och qolgan paytingiz egulik sotib olmang. Bilmay, keraksiz shirinliklar va yog`li masalliqlar xarid qilib qo`yishingiz mumkin.

17. Salomatingiz uchun zarur masalliqlar ro`yxatini tuzib chiqing. Xarid qilish jaroyoni osonroq va tezroq kechadi.

18. O`z rasioningizdagi masalliqlar kalloriyasi va to`yimliligi jadvalini o`rganib chiqishga erinmang.

19. Fastfuddan uzoqroq yuring. Bu zararli, yog`li va notabiiy ovqat. Va yo`l-yo`lakay ovqatlanishdan ham tiyiling. Tez ovqatlanish hazm bo`lish jarayonini qiyinlashtiradi.

20. Ovqatni sekin-sekin va ko`p marotaba chaynab eng. Shundagina to`yish hissini tezroq tuyasiz va ortiqcha ovqat eb qo`ymaysiz.

21. Soat kechki 19.00 dan keyin 200 grammdan ortiq suyuqlik ichmang. Bu organizmdagi shishlarning oldini oladi.

22. Suvni birvarakayiga qultillatib emas, sekin-sekin ho`plab iching. O`zingizni shunga o`rgating.

23. Uxlashdan 3 soat oldin umuman taom tanovvul qilmang. Aks holda ovqat tarkibidagi moddalar hazm bo`lmaydi. Buning organizmgan ziyoni bor.

24. Televizor qarshisida ovqatlanish odatidan voz keching. Qiziqroq film yoki teledasturga chalg`ib, keragidan ziyod ovqatlanib yuborish mumkinligi ilmiy isbotlangan.

25. Har doim ovqatlanish paytida quyidagi jumlani ichingizda qayd etib qo`ying, «meni buni tanovvul qilayapman. Bu juda mazali!»

26. Dasturxon oldida bukchaymasdan, qaddingizni tik tutib o`tiring. Shunday qilsangiz, kamroq eysiz.

27. Och qoringa spirtli ichimlik ichmang. Bu ishtahani kuchaytiradi. O`zingiz bilmay turib, ko`p narsa eb yuborishingiz mumkin.

28. Kolloriyasi baland ovqatlarni faqat soat 16:00 ga qadar eng. Shundagina ular yaxshi hazm bo`ladi.

29. Soat kechki to`rtdan keyin shirinlik va yog`li mahsulotlar iste`molini nazoratga oling. Chunki aynan shu paytdan boshlab organizm quvvat zahirasi rejimiga o`tadi.

30. Kechqurun ovqatlanmang. Bu paytda organizmingiz iste`mol qilingan ovqatni hazm qilish uchun ishlashi emas, dam olib, ertangi kun uchun kuch yig`ishi kerak.

Gulnoza

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1