AsosiyDunyo

​Saudiya shahzodasi 80 nafar lochinga samolyot chiptasini sotib oldi. (Video)

'​Saudiya shahzodasi 80 nafar lochinga samolyot chiptasini sotib oldi. (Video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda samolyot bortidagi lochin qushlar aks etgan video paydo bo`ldi, deb xabar berdi “Ntv.ru” nashri.

Qanotli yo`lovchilar Saudiya shahzodasiga tegishli bo`lib, ularning har biri uchun shahzoda alohida chipta sotib olgan.

Videoda qushlar stol ustiga joylashtirilgani, o`rindiqlar esa polietilen qoplama bilan o`ralgani aks etgan. Ijtimoiy tarmoqlarda qushlarning yo`lovchi sifatida uchishi foydalanuvchilarning turli hazil-mutoyibalarga sabab bo`ldi. Avvaliga samolyot bortidagi qushlar qirg`iylar deyilgan bo`lsa, keyinchalik ularning lochin ekanligi haqida fikrlar bildirildi.

Reddit foydalanuvchilari bir sutka davomida mazkur videoga to`rt mingga yaqin izoh qoldirishdi. Ulardan biri “Saudiya shahzodasi qirg`iylarning qanoti borligini, ucha olishini bilmaydi shekilli?”, deb yozgan.

Foydalanuvchilardan yana biri esa samolyotda 80 ta emas, faqat 6 ta qushni olib uchish mumkinligi haqidagi aviasiya qonunini eslatdi.


Boshqa yangiliklar