AsosiyDunyo
6753

​Barak Obama norozilik namoyishi o`tkazayotgan amerikaliklarni qo`llab-quvvatladi

'​Barak Obama norozilik namoyishi o`tkazayotgan amerikaliklarni qo`llab-quvvatladi'ning rasmi

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama rafiqasi Mishel, Virgin Group kompaniyasining egasi Richard Brenson bilan birga Britaniyaning Virgin orolida dam olmoqda, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Bu haqda TMZ portali xabar berib, Oq uy sobiq rahbarining Karibda dam olayotgani aks etgan bir qancha suratlarni namoyish qildi.

Nashrning ma`lumot berishicha, Obamalar bundan bir hafta ilgari britaniyalik milliarderga tegishli bo`lgan orolga dam olish uchun kelgan. Suratlardan Barak Obamaning yangi prezident Donald Trampga qarshi norozilik namoyishlari o`tkazilayotgan Amerikaga hali-beri qaytish niyati yo`qligi ko`rinib turibdi.

31 yanvar kuni Barak Obama fuqarolarning yangi prezidentiga qarshi o`tkazayotgan norozilik namoyishlarini qo`llab-quvvatlab, bu ularning konstitusiyaviy huquqlari ekanligini ma`lum qildi. Sobiq prezident Trampning muhojirlarga qarshi chiqargan qarori Amerika qadriyatlariga xavf tug`dirishini ta`kidladi.

Donald Tramp 27 yanvar kuni grin karta yutgan Eron, Iroq, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan fuqarolarining AQShga kirishini taqiqlash haqida farmon chiqardi. Bundan tashqari, suriyalik qochoqlarni 120 kun davomida AQShga qabul qilish ham to`xtatildi. Hujjatda suriyalik muhojirlar Qo`shma Shtatlar manfaatiga ziyon etkazishi mumkinligi ko`rsatib o`tilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar