Gresiya hukumati olti nafar Turkiya harbiy samolyoti mamlakat havo chegaralarini buzib kirganligini ma`lum qildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Turkiya harbiy samolyotlari qurollangan holda bo`lgan. Nashrning xabar berishicha, turk harbiy samolyotlari chorshanba kunining o`zida 138 marotaba Gresiya havo chegaralaridan o`tgan. Samolyotlar juft, ba`zan yolg`iz holda havo chegaralarini buzgan.