1

"Bunyodkor" nazorat uchrashuvida OChLning amaldagi g`olibidan ustun keldi

Sport 02.02.2017, 12:07
"Bunyodkor" nazorat uchrashuvida OChLning amaldagi g`olibidan ustun keldi

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi BAA yig`ini doirasida nazorat uchrashuvi o`tkazdi. 7 fevral sanasida Qatar poytaxti Doha shahrida mahalliy “Al-Jaish” klubiga qarshi bo`ladigan uchrashuvga jiddiy hozirlik ko`rayotgan “qaldirg`ochlar” OChL-2016 g`olibi – “Chonbuk Motors” klubi bilan nazorat uchrashuvida kuch sinashdi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvda “Bunyodkor” raqibni 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Jamoamizdan gollarni Eldor Shomurodov va Dostonbek Hamdamov kiritdi.

Dubaydagi “The Sevens” stadionida bo`lib o`tgan bahs “Bunyodkor” uchun “Al-Jaish”ga qarshi bahs oldidan so`nggi tayyorgarlik vazifasini o`tab berdi.

O`rtoqlik uchrashuvi

“ChONBUK MOTORS” – “BUNYoDKOR” 1:2 (1:2)

Gollar: Eldor Shomurodov 15 (0:1), Dostonbek Hamdamov 24 (0:2), Jongeun 35 (1:2)

“Chonbuk”: Kuk Taejong, Jung Xyuk, Lim Jongeun, Cho Sungvan, Go Muyul, Choi Chulson, Kim Yungchan, Kim Shinvuk, Jang Yunxo, Kim Teano, Edu.

Zaxira: Li Yong, Kim Min Jay, Shin Xyung Min, Li Jay Sung, Mazola, Kim Bok Yung, Park Von Jay, Li Dong Guk, Xong Jun Nam, Kim Jin Su, Eder, Cho Suk Jay.

“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Dilshodbek Ahmadaliev, Dushan Michich, Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov, Jovlon Ibroximov, Otabek Shukurov, Nurillo To`xtasinov, Shahzodbek Nurmatov, Eldor Shomurodov, Dostonbek Hamdamov

Zaxira: Dilshod Xamroev, Xurshid G`iyosov, Islomjon Qobilov, Shoxruh Gadoev, Davronbek Umirov, Mirjamol Qosimov, Nodirxon Kamolov, Javohir Esonqulov, Sardorbek Azimov, Vadim Chemirtan, Alisher Sanoev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1