AsosiyDunyo
6072

​Barak Obamaning qizi kinokompaniyaga ishga kirdi

'​Barak Obamaning qizi kinokompaniyaga ishga kirdi'ning rasmi

AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning to`ng`ich qizi Maliya The Weinstein Company (TWC) kinostudiyasida maosh to`lanadigan amaliyotni o`tamoqda, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Portalning xabar berishicha, Maliya loyihalashtirish bo`limida ishlamoqda. Uning vazifasi ssenariylarni qabul qilib, o`qib chiqish va undan kelgusida foydalanishni belgilashdan iboratdir.

18 yoshli Maliyaga xizmati uchun soatiga 9 dollardan pul to`lanadi.

TWC konostudiyasida Kventino Tarantinoning “Ozod bo`lgan Jango”, Gas Van Sentning “Aqlli Uill Xanting” va “Qirol so`zga chiqdi!”, “Artist”, “Mening qaylig`im telba” kabi filmlar suratga olingan.

2016 yilda Barak Obamaning to`ng`ich qizi Maliya maktabni bitirib, 2017 yil Garvard universitetidagi o`qishini davom ettirish oldidan gap year (“erkinlik yili”) deb ataluvchi ta`til olgan. Maliyaning singlisi Sasha 15 yoshga kirgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar