AsosiySport

“Qo`qon-1912” jamoasi 6 futbolchi bilan shartnoma imzoladi

'“Qo`qon-1912” jamoasi 6 futbolchi bilan shartnoma imzoladi'ning rasmi

Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko`rayotgan “Qo`qon-1912” jamoasi bir necha kun oldin bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzolagandi. Bugun ham jamoamiz olti nafar futbolchi bilan bitim imzoladi.

O`tgan mavsumni “Buxoro”da o`tkazgan Ruslan Meleziddinov, mavsum-2016da “Paxtakor” sharafini himoya qilgan Andrey Sidorov bilan kelishuvga erishildi. Ushbu futbolchilar yangi mavsumni qo`qonliklar safida o`tkazishadi.

Bundan tashqari, o`tgan yili ikkinchi davrada “Qo`qon-1912” klubi sharafini himoya qilgan Darko Gojkovich, Nikita Ribkin, Suhrob Berdiev bilan ham yangi shartnomalar imzolandi.

Boshqa yangiliklar