AsosiyDunyo

​Dog`istonda kontrterroristik operasiya tartibi joriy qilindi

'​Dog`istonda kontrterroristik operasiya tartibi joriy qilindi'ning rasmi

Dog`istonning Botlix tumanidagi Andi qishlog`ida kontrterroristik operasiya tartibi joriy qilindi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Bunday qarorga kelishga qurollangan jangarilarni qidirib topish sabab bo`ldi.

“Moskva vaqti bilan soat 06:30 da Tezkor shtab Botlix tumanidagi Andi qishlog`ida kontrterroristik operasiya tartibini joriy qilish qaroriga keldi”, deb habar berdi agentlik.

Manbaning bergan ma`lumotiga ko`ra, ayni paytda jangarilarni qidirib topish bo`yicha keng qamrovli tadbirlar o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar