AsosiySport

OChL-2017. "Lokomotiv2ning guruhdagi uchinchi raqibi "Istiqlol" bo`ladi

'OChL-2017. "Lokomotiv2ning guruhdagi uchinchi raqibi "Istiqlol" bo`ladi'ning rasmi

Kecha Eron poytaxti Tehronda mahalliy "Istiqlol" jamoasi Qatarning "Al-Sadd" klubiga qarshi bahs olib bordi. Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichidan o`rin olgan mazkur bellashuvda o`yinning oxiriga qadar hisob ochilmadi.

Natijada navbat penaltilar seriyasiga etib keldi va bunda Eron klubi raqibini 4:3 hisobida mag`lub etdi. Shunday qilib "Istiqlol" klubi "Lokomotiv"ning guruhdagi uchinchi raqibiga aylandi. Afsonaviy futbolchi Xavi to`p tepayotgan "Al Sadd" ketma-ket ikki yil guruh bosqichiga chiqa olmadi.

Eslatib o`tamiz, "Lokomotiv" OChLdagi 1-tur uchrashuvini 20 fevral kuni Saudiya Arabistonida "Al-Taavon"ga qarshi o`tkazadi. 27 fevral kuni esa o`z "temiryo`lchilar" BAAning "Al Ahli" klubini qabul qiladi.

Boshqa yangiliklar