Peterburglik ayol yangi sotib olgan uyida ta`mirlash ishlarini olib borilayotganda granata topib oldi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.
Yangi sotib olgan uyida ta`mirlash ishlarini olib borayotgan ayol shkafdan granataga o`xshagan buyumni topib olgan va bu haqda huquq-tartibot idorasiga qo`ng`iroq qilgan. Voqea joyiga zudlik bilan etib kelgan maxsus xizmat vakillari buyum haqiqatan ham “VOG 25-P” granatamyotining granatasi bo`lib, uning korpusida portlovchi modda aniqlanmadi va u hayot uchun xavfli emasligi ma`lum bo`ldi.






