AsosiyDunyo

​Tojikiston aviakompaniyasining ilk samolyoti Toshkentga qo`ndi

'​Tojikiston aviakompaniyasining ilk samolyoti Toshkentga qo`ndi'ning rasmi

Tojikistonning Somon Air aviakompaniyasiga qarashli samolyot 10 fevral kuni ertalab Dushanbedan Toshkentga qo`ndi.

Bu – texnik reys. Ikki mamlakat o`rtasida 25 yil avval to`xtatilgan muntazam aviaqatnov 20 fevral kuni boshlanishi kutilmoqda, deya xabar beradi tojik aviakompaniyasining matbuot xizmati.

Texnik samolyot bortida – Tojikiston aviasiya tuzilmalarining delegasiyasi, shuningdek jurnalistlar hamda ilk reysga 140 dollarga chipta sotib olgan 14 nafar oddiy yo`lovchilar bor.

“Somon Air rahbariyati Toshkent aeroporti vakillari hamda o`zbekistonlik hamkasblari bilan reys ochilishi bilan bog`liq masalalarni hal etish bo`yicha muzokaralar o`tkazmoqchi”, - deyiladi xabarda.

Tojikiston aviakompaniyasi Toshkentga qishki vaqtda haftada bir marta – dushanba kunlari, yozda esa haftada ikki martagacha amalga oshirmoqchi.

Boshqa yangiliklar