AsosiySport

EChL. “Real” irodali tarzda “Napoli”ni mag`lubiyatga uchratdi (Video)

'EChL. “Real” irodali tarzda “Napoli”ni mag`lubiyatga uchratdi (Video)'ning rasmi

Evropa chempionlar ligasi nimchorak final dastlabki o`yinida “Real” o`z maydonida “Napoli” futbolchilarini qabul qildi.

Kurashlarga boy kechgan o`yinda madridliklar 3:1 hisobidagi g`alabani qo`lga kiritishdi. Uchrashuvning 8-daqiqasida Lorenso Insine neapolliklarni oldinga olib chiqqan bo`lsa, 18-daqiqada Karim Benzema hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo`lim boshida Toni Kroos hisobni Madrid klubi foydasiga oshirdi. 54-daqiqada Karlos Kazemiro tomonidan kiritilgan gol “Real” g`alabasini ta`minladi.

Javob o`yini oldidan Zinedin Zidan shogirdlari katta ustunlikka ega bo`lishdi.

“Real Madrid” (Ispaniya) – “Napoli” (Italiya) 3:1

Gollar: 0:1 – 8 Insine, 1:1 – 18 Benzema, 2:1 – 49 Kroos, 3:1 – 54 Kazemiro.

“Real Madrid” – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos (Pepe, 71), Modrich, Kazemiro, Kroos, Xames (Vaskes, 76), Ronaldu, Benzema (Morata, 82).

“Napoli” – Reyna, Albiol, Gulyam, Xyusay, Kulibali, Mertens, Zelinski (Allan, 75), Kalexon, Gamshik (Milik, 84), Insine, Diavara.

Ogohlantirishlar: Ramos (17), Zelinski (38), Modrich (52), Mertens (76).


Boshqa yangiliklar