AsosiyDunyo

​Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev rafiqasini vise-prezident lavozimiga sayladi

'​Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev rafiqasini vise-prezident lavozimiga sayladi'ning rasmi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev rafiqasi Mehribon Alievani mamlakatning ilk vise-prezidenti etib sayladi, deb xabar berdi “Meduza.io” nashri.

Ozarbayjon prezidentining 21 fevraldagi farmoyishi davlat rahbarining rasmiy saytida e`lon qilindi.

Vise prezidentlik lavozimi Ozarbayjon Konstitusiyasida 2016 yilning sentyabr oyida paydo bo`ldi. Konstitusiyaga o`zgartirish kiritish bo`yicha o`tkazilgan referendumda 90 foiz fuqaro bu qarorni qo`llab-quvvatlab, o`z fikr va mulohazalarini bildirgan edi. Bundan tashqari, konstitusion reforma Ozarbayjon prezidentining vakolat muddatini 5 yildan 7 yilga uzaytirdi. Mehribon Alieva 2005 yildan buyon Ozarbayjon Milliy majlisi deputati hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar