Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “S” guruhi 3-turidan o`rin olgan “Bunyodkor” – “Zob Ahan” (Eron) uchrashuviga qatarlik Fahad Jabbor Al Marri bosh hakam etib tayinlandi.
Unga qanotlarda hamyurtlari Yusuf Orif Al Shamari va Juma Muhammad Al Burshaid ko`maklashadi. Zaxira hakami vazifasi ummonlik Yoqub Said Abdulloh Abdul Boqiga yuklatildi. Uchrashuv komissari bo`lib maldivlik Ahmad Shahir ishlaydi. Hakamlar nazoratchisi etib BAAlik Ali Hamad Mahdad Saif Albedvavi tayinlandi.
“Bunyodkor” va “Zob Ahan” o`rtasidagi o`yin 13 mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadi. O`yin Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o`tamiz, OChL–2017 “S guruhi 2-turidan o`rin olgan “Bunyodkor” – “Al-Ayn” uchrashuvini Jarred Jillett boshchiligidagi avstraliyalik hakam guruhi boshqarib boradi.






