AsosiySport

“Real” futbolchisi “Barselona”ga o`tib ketishi mumkin

'“Real” futbolchisi “Barselona”ga o`tib ketishi mumkin 'ning rasmi

Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Isko klubning ashaddiy raqibi bo`lgan “Barselona” safiga o`tib ketishi mumkin. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Manbaning ta`kidlashicha, kataloniyaliklar Iskoga jiddiy qiziqish bildirishmoqda. “Barselon” yarim himoyachini “Malaga”da o`ynagan vaqtlardayoq kuzatib borgan. Isko esa 2013 yilda “Real”ga o`tib ketgandi.

“Barselona”dan tashqari mahoratli yarim himoyachiga, shuningdek, “Yuventus”, “Chelsi” va “Manchester Siti” klublari qiziqmoqda.

Joriy mavsumda futbolchi Ispaniya chempionatida 17 ta o`yinda maydonga tushgan va 5 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar davom etishi lozim.

Boshqa yangiliklar