1

EChL. “Yuventus” 1 kishi ko`p bo`lib “Portu”ni mag`lubiyatga uchratdi

Sport 23.02.2017, 08:30
EChL. “Yuventus” 1 kishi ko`p bo`lib “Portu”ni mag`lubiyatga uchratdi

Evropa Chempionlar Ligasi nimchorak final ilk o`yinida “Portu” jamoasi o`z maydonida “Yuventus” futbolchilarini qabul qildi.

Mazkur bellashuvda 27-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo`lib harakat qilgan “Porut” 0:2 hisobida mag`lubiyatga uchradi.

Turinliklar ikki golni ham ikkinchi bo`limda kiritdilar. 72-daqiqada Marko Pyasa jamoasini oldinga olib chiqqan bo`lsa, oradan ikki daqiqa o`tar-o`tmas Dani Alves g`alabani mustahkamladi.

Portu (Portugaliya) – Yuventus (Italiya) 0:2

Gollar: 0:1 – 72 Pyasa, 0:2 – 74 Dani Alves.

Portu – Kasilyas, Pereyra, Felipe, Markano, Telles, Danilu Pereyra, Errera, Ruben Nevesh (Korona, 61), Braimi (Diogu Jota, 73), Andre Silva (Layyun, 30), Soares.

Yuventus – Buffon, Lixtshtayner (Dani Alves, 73), Bardzali, Kellini, Aleks Sandro, Xedira, Pyanich, Kuadrado (Pyasa, 67), Dibala (Markizio, 86), Manjukich, Iguain.

Ogohlantirishlar: Telles (25), Pereyra (45), Lixtshtayner (50), Errera (85), Markano (89).

Chetlatish: Telles (27)

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1