AsosiySavol-javob
5472

​Do`konning konservasidan zaharlansa, kim aybdor?

'​Do`konning konservasidan zaharlansa, kim aybdor?'ning rasmi

Agar xaridor savdo shoxobchasidan sotib olgan konserva mahsulotini iste`mol qilib, botulizmga chalinsa, bunga kim javobgar bo`ladi?

Shoxruxmirzo, Kitob tumani

Boqiev Qamariddin, Respublika DSENM ovqatlanish gigienasi bo`limi mudiri, t.f.n:

— Avvalambor konserva mahsulotlari turg`un savdo nuqtalaridan sotib olinishi lozim. Xaridor xarid qilayotgan mahsulotining ishlab chiqarish sanasiga, saqlash sharoitiga, yaroqlilik muddatiga, mahsulot yorlig`iga hamda bonka ichidagi mahsulotlarni butunligiga e`tibor berishi lozim. Agarda savdo do`konlaridan xarid qilgan konserva mahsulotlarini istemol qilishi natijasida botulizmdan zaharlanish sodir bo`lsa, bu holatga konserva mahsulotlarini ishlab chiqargan korxona javobgardir

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar