Angliya poytaxti London shahrida futbol bo`yicha London Football Awards 2017 mukofotini topshirish marosimi bo`lib o`tdi.
Unga ko`ra, “Chelsi” bosh murabbiyi Antonio Konte eng yaxshi murabbiy, ushbu klubning yarim himoyachisi N’Golo Kante eng yaxshi futbolchi deb topildi.
O`tgan mavsumda 25 yoshli fransiyalik yarim himoyachi “Lester” bilan Angliya chempioni bo`lgandi, joriy mavsumda esa “Chelsi” bilan yana chempion bo`lishga yaqin turibdi.
“Tottenxem” xavbeki Dele Alli Londonning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Eng yaxshi posbon sovrini “Tottenxem” darvozaboni Ugo Lorisga nasib qildi.