1

​«Qaynonam arazladi»

SUG'DIYONA 03.03.2017, 14:29
Teglar: Ayol, Ona, Oila, Kelin
​«Qaynonam arazladi»

Hammasi yaxshi edi... Gohida xayol bilan idish tovoqlarni yuviqsiz qoldirsam, qaynonam ba`zida sekin, ba`zida chinnilarni “jarang-juring” qilib, yuvib qo`yardi. Sochiqlarni ivitish uchun tog`orajonga solib, boshqa yumushga unnasam, qaynonam vannaga o`tib, tog`oradagi kirlarni yuvishga kirishardilar. Boshida xijolat bo`lib “Oyijon, qo`yavering, o`zim”, derdim. Keyinchalik bu iltifotni bas qildim. Aslo dangasalikdan emas! Boisi, “domchilik”! Kun bo`yi uyda zerikkadilar, ozroq yordamlari tegsa tegibdi-da, degan o`y! Xullas, ahil va inoq oila bo`lib yashayotgan edik. Nimagadir ko`z tegdi...

Ertalab turmush o`rtog`imning u yog`idan o`tib, bu yog`idan aylanib, ishga kuzatgach, o`n-o`n besh daqiqa mizg`ib olaman deyman-u, daqiqalar soatlarga ulanganini sezmay qolaman. Xijolat bo`lib, yotoqxonadan sekin chiqaman. Qaynonam zalda televizor ko`rib o`tirgan bo`ladi. Indamay oshxonaga o`taman. Ular ham indamaydi. Bilamanki, qaynonamda o`zgarish bor...

Avvallari bunday vaziyatlarda bir og`iz bo`lsa ham gapirardilar… Endi esa ARAZ!

Oyijonim uy bekasi bo`lsa-da, dunyoda, xususan, san`at olamida nima gap-so`zlar bo`layotganini ipidan ignasigacha biladilar. Gapni o`sha tomonlardan boshladim. “Ob-havo” o`zgarmadi. Eng yomoni, qora bulut bo`lsa-yu, yomg`ir yog`masa! Bu yurakka dunyoning tashvishi, oxiri ko`rinmaydigan orzular sig`adi (hatto, joy ham qolib ketadi), ammo erimning ta`rifi bilan aytganda, “arzimagan bahonadan chiqqan araz”ga joy yo`q! Voy-dod, deb baqirgim keladi...

Darhol onamga qo`ng`iroq qilaman. Vaziyatni imkon qadar o`zimga moslab, qaynonamga kimdir rosa o`rgatgan, shekilli, negadir, o`zgarib qoldi, deb gap boshladim. Shunda onam yonimni olib, yozg`irsalar kerak, deb xayol qilayotganimda, go`shakdan onamning: “Hoy qiz, seni men bilmaymanmi? Yostiqning rasmini chizib bersa, quchoqlab uxlaysan-ku! Tayyor suv, issig`iyam bor, sovug`iyam... yana nima kerak?! Kelinlar chiroqsiz Ham, suvsiz Ham qaynonalarning ko`nglini olgan. Nima, senga taraqqiyot halaqit beryaptimi? O`g`li yaxshi-yu, onasi yomonmi?..” degan dakkilari quloq pardalarimni yirtib yuborayozdi. TAMOM! Najot kutganimdan shuncha dashnom, boshqasi kelib yupatarmidi, battar bo`l deydi-da!

“O`zimdan o`zga yoru vafodorim yo`q”. Bobur hazratlariga yana qoyil qoldim. Sal kam olti asrlik kelajakni ko`ra olgan ekan. Nima qilish kerak? Aksiga olib, tuzukroq xushomadni ham bilmayman. Aslida kelin degani ozgina xushomad qilsa ziyoni yo`q. Axir, o`g`lini ikki qo`llab topshirgan onaning ko`nglini olish uchun ozgina ter to`ksak to`kibmiz-da.

Kun bo`yi ishlab, horigan mening erim, ya`ni qaynonamning o`g`li uyga kelganida “sovuq” haroratdan peshonasi tirishishi aniq. Yaxshisi, telefon qilib, “bir o`rtoqlaringiz bilan uchrashib, ozgina ko`ngil yozib qayting”, deyman. Ko`z tegmasin, xo`jayin ancha farosatli, gaplarimni mazmunini pistadek chaqib tashlaydi.

...Tong! Ozgina sabrdan g`amlab, tabassumni ayamay, “Oyijon, yaxshi dam oldingizmi? Bugun bir shahar aylanmaymizmi?” degandim, “Ko`ramiz...”, dedilar qaynonam. Men ham ichimda “kutamiz”, deb qo`ydim. Yaxshi ham kutganim, jilmayganim. Natija men kutgandan ham a`lo bo`ldi! Onamdan maslahat so`rab, malomat qilguncha, kecha shunday yo`l tutganimda, erimning cho`ntagidagi “baraka” buzilmasdi... Aytgancha, qaynonamni aynitgan dushman kimligini bilsam... Mayli ularni ham bir mehmon qilish niyatidaman. O`sha “buzg`unchi” uchun dasturxonimizga “gina-kudurat” tortarmikanman yoki tansiq taomlar, buni vaqt ko`rsatadi. Hozircha esa “sabr” va “tabassum” atalmish hamishalik yordamchilarimdan minnatdorman.

Kelin

Sharhlar

⚡️Farg`onada 20 yoshli o`g`il xotini bilan janjallashgan onasini pichoqlab o`ldirdi (video)

07.03.2023, 13:30

Farg`onada 20 yoshli o`g`il oilaviy kelishmovchilik sabab o`z onasini pichoqlab o`ldirdi. Bu haqda "zamon" informasion dasturida xabar qilindi. Ma`lum qilinishicha, Farg`ona viloyati Marg`ilon shahar "Do`stlik" mahallasida yashovchi...
O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1