Xonanda Sharof Muqimov rafiqasi Sevinch Mo`minova bilan ayni paytdagi munosabatlari va qizi bilan qay darajada tez-tez ko`rishib turishi haqida “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida aytib o`tdi.
“Yana turmush qurishdan cho`chimayapsizmi?” degan savolga Sharof quyidagicha javob berdi:
—Buni vaqt ko`rsatadi. Ertaga nima bo`lishini bilmaymiz. Hali Sevinch bilan qonunan ajrashganimiz yo`q. Lekin hozirda u bilan ayro yashayapmiz.
“Qizim bilan tez-tez ko`rishib turaman. U bolalar maydonchasiga borib, o`ynashni yaxshi ko`radi. Lekin Sevinch menga qizim Leylani ishonib topshirgisi kelmaydi. Sababini so`rasam, u buni ‘Qorni ochib qolishi yoki sovqotib qolishi mumkin, erkaklar bolalarga ayollarchalik e`tiborli bo`lmaydi’deb izohlaydi”,—deydi Sharof Muqimov qizi haqida gapirar ekan.
Avvalroq, xonanda marhum onasi rafiqasi Sevinchning muxlisi bo`lganini aytib o`tgandi.
Sevinch va Sharof Muqimov 2010 yilda turmush qurgan. Ularning Leyla ismli qizlari bor.