“BRAVO PHARMA” MChJ XK kompaniyasining ijtimoiy loyihasi doirasida Toshkentdagi ikkita avtobus bekatlarida bepul Wi-Fi ishlay boshladi.
Mazkur loyihaning ochilish marosimi 2017 yilning 16 mart kuni Toshkent shahrining Oloy bozori qarshisidagi avtobus bekatida bo`lib o`tdi.
Loyihaning ochilish marosimida davlat idoralari va tashkilotlari vakillari, ishbilarmon doiralar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, shuningdek, poytaxtimiz aholisi va mehmonlari ishtirok etishdi.
“BRAVO PHARMA” MChJ XK kompaniyasi O`zbekistonda bir qancha ijtimoiy loyihalarni amalga oshirmoqda. Aholi uchun bepul Wi-Fi ni taqdim etish mazkur yo`nalishdagi loyihalardan biridir.
Manish Kumar Shanta, kompaniyaning operasiyalar bo`yicha direktori: “Mazkur loyiha “BRAVO PHARMA” kompaniyasining O`zbekiston xalqiga Navro`z bayrami munosabati bilan sovg`asidir. “BRAVO PHARMA” innovasion kompaniya bo`lgani uchun, o`z faoliyatiga yangi texnologiyalarni tatbiq etishga harakat qiladi. Mazkur loyihani amalga oshirar ekanmiz, biz imkon qadar ko`proq insonlarni internet hamda IT-texnologiyadan foydalanishga jalb etishni istaymiz”.
Hozirda bepul Wi-Fi poytaxtimizdagi ikkita: Oloy bozori qarshisidagi hamda Oybek metrosidagi avtobus bekatlarida o`rnatildi.
“Biz kelajakda mazkur loyihamizni kengaytirishni rejalashtirayapmiz. Loyihamizning keyingi bosqichlarida bepul Wi-Fi nuqtalari “Istiqlol” san`at saroyi hamda “Buyuk Ipak Yo`li” metrosi yonidagi bekatlarda, istirohat bog`larida, shuningdek, universitetlar, shifoxonalar va boshqa jamoat ob`ektlarida o`rnatiladi”, - qo`shimcha qildi Manish Kumar Shanta.
Qayd etamiz, mazkur bekat smartfonlarni quvvatlantiradigan moslamalar, yo`lovchi transportlarining harakatlanish haritasi hamda qo`l uchun antiseptik gel dozatorlari bilan jihozlangan Toshkent shahridagi yagona avtobus bekatidir.