AsosiySUG'DIYONA
4781

​Bir nechta aqlli hiyla bilan vizajist – Elya Shabanova tavsiyalari asosida dudoqlaringizdagi ba`zi nuqsonlarni yashiring!

'​Bir nechta aqlli hiyla bilan vizajist – Elya Shabanova tavsiyalari asosida  dudoqlaringizdagi ba`zi nuqsonlarni  yashiring!'ning rasmi
  • Agar lablaringiz juda ingichka bo`lsa, qalam bilan (tabiiy chegaralarini chetlab o`tgan holda) o`zingizga mos qalinlikdagi chegaralarni chizib chiqing. Labingiz rangiga monand qalamda markazdan to burchakka tomon chiziq torting.
  • Tepa lab pastkisidan kichikroq bo`lsa, faqat shu labga kontur chizing va pastki labga surtiladigan bo`yoqqa nisbatan biroz ochroq rangga bo`yang.
  • Lab chetlari pastga qaragan bo`lsa, chehra tushkun va g`amgin ko`rinadi. Shuning uchun chiziqni labning eng chekka burchaklarigacha chizmay, pastki lab chizig`ini qalinroq olish tavsiya etiladi.
  • Eslatma: lab shaklini “o`zgartirganda” labning tabiiy chegaralarini 1-2 mm. gagina chetlab o`tish tavsiya etiladi. Aks holda pardozingiz o`ta sun`iy tuyulishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar