Xonanda Nilufar Usmonova hamkasblari orasida birinchilardan bo`lib “Instagram”ning rasmiy belgisini qo`lga kiritdi.
Mazkur belgi haqqoniylik belgisi sanalib, u mamlakatda yoki dunyoda ijtimoiy ahamiyatga ega hamda mashhur insonlarga taqdim etiladi.
Ushbu belgini qo`lga kiritish uchun foydalanuvchi verifikasiyadan o`tib, shaxsini tasdiqlaydi. Instagram rahbariyati ma`lumotlarni o`rganib, roziligini beradi. Uni qo`lga kiritganidan so`ng ko`k “galochka” belgisi paydo bo`ladi.