Britaniyaning Daily Mail nashri Rossiya futbol “bezori”larining o`rmondagi “jangi” aks etgan videoni namoyish etdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Nashrning xabar berishicha, mazkur videorolik futbol bo`yicha 18 mart kuni Moskva shahrida bo`lgan Rossiya chempionatining 20 turida “Lokomotiv” va “Spartak” o`rtasidagi matchdan keyin suratga olingan.
Janjal muxlislarning"Blah Blah Channel" deb yozilgan bannerni ilganidan bir soat o`tgandan keyin boshlangan. Mazkur bannerdagi yozuv janjalkash rossiyalik futbol muxlislari haqida janjalli filmni namoyish etgan BBC telekanaliga qaratilgan. Bu videodagi janjal yilning issiq faslida, daraxtlar barg yozib, o`t-o`lanlar o`sgan paytida suratga olingani yaqqol ko`rinib turibdi.